KASALLIK
Yurak ishemik kasalligi
Yurak ishemik kasalligi (YuIK) — yurakni qon bilan ta'minlovchi koronar tomirlar xolesterin pilakchalari bilan torayganda yurak mushagi yetarlicha kislorod ololmaydigan holat. Asosiy belgilari: jismoniy zo'riqishda ko'krak qafasining markazida bosuvchi og'riq, yelka yoki jag'ga tarqalish, hansirash, tez charchash. Xavf omillari — chekish, yuqori xolesterin, qandli diabet, gipertoniya, ortiqcha vazn, harakatsizlik va irsiyat. Tashxis EKG, yurak EXO, stress-test, koronar angiografiya orqali qo'yiladi. Davolash turmush tarzini o'zgartirish, dorilar (statinlar, antiagregantlar, bosim tushiruvchilar) va kerak bo'lsa stentlash yoki shuntlash operatsiyasini o'z ichiga oladi. Erta murojaat infarkt xavfini sezilarli kamaytiradi.
Bu kasallikni davolaydigan mutaxassislar
Sizga qanday mutaxassis kerak? Quyidagi mutaxassisliklarni ko'ring.