KASALLIK
Oyoq arteriyalari atvorosklerozi (PAD)
Periferik arteriya kasalligi — oyoq arteriyalarining xolesterin pilakchalari bilan torayishi natijasida mushaklarning kislorodga muhtojligi. Asosiy belgisi — yurish vaqtida boldir mushaklarida og'riq yoki tortishish, dam olganda o'tib ketadi (intermittiruyushaya xromota). Og'irlashganda dam olishda ham og'riq, oyoqning sovuqligi, terining rangini o'zgarishi, sekin tuzaladigan yaralar paydo bo'ladi. Xavf omillari: chekish (asosiy), qandli diabet, gipertoniya, yuqori xolesterin, yosh oshishi. Tashxis tizza ostida nabzni tekshirish, oyoq-bilak indeksini (ABI) o'lchash, doppler UTT, KT yoki MR-angiografiya orqali qo'yiladi. Davo: chekishni tashlash, yurish mashqlari, statinlar, antiagregantlar (aspirin yoki klopidogrel), bosim va qandni nazorat qilish; og'ir hollarda angioplastika, stentlash yoki shuntlash bajariladi.
Bu kasallikni davolaydigan mutaxassislar
Sizga qanday mutaxassis kerak? Quyidagi mutaxassisliklarni ko'ring.