KASALLIK
Hashimoto tireoiditi
Hashimoto tireoiditi — autoimmun kasallik bo'lib, immun tizim qalqonsimon bezni o'z to'qimasi sifatida tan olmay, asta-sekin uni shikastlaydi. Vaqt o'tib bezning faolligi pasayadi va gipotireoz rivojlanadi. Asosan ayollarda, 30-50 yoshda uchraydi. Boshlang'ich bosqichda alomatlar bo'lmasligi mumkin yoki bo'yinning oldida yumshoq, simmetrik kattalashish (zob), engil dizkomfort kuziladi. Gipotireoz rivojlanganda — charchoq, sovuqqa chidamsizlik, vazn ortishi, terining quruqligi, qabziyat, kayfiyat pasayishi paydo bo'ladi. Tashxis qonda TTH (boshlang'ichda normal yoki yuqori), T4-erkin va anti-TPO hamda anti-TG antitanachalari yuqori; UTT da bezning tipik xarakterli kuziladi. Davo: gipotireoz rivojlangan bo'lsa, levotiroksin tayinlanadi va umrbod qabul qilinadi. Yiliga TTH nazorati va endokrinolog kuzatuvi tavsiya etiladi.
Bu kasallikni davolaydigan mutaxassislar
Sizga qanday mutaxassis kerak? Quyidagi mutaxassisliklarni ko'ring.